Kapadokiyaga tashrif buyurganlar soni boʻyicha rekord qayd etildi

Yanvar oyida Kapadokiyaga tashrif buyurganlar soni boʻyicha rekord qayd etildi.

1944554
Kapadokiyaga tashrif buyurganlar soni boʻyicha rekord qayd etildi

Oʻtgan yanvar oyida Kapadokiyaga tashrif buyurganlar soni boʻyicha rekord qayd etildi.

Tarixiy, madaniy boyliklari va tabiiy go‘zalliklari bilan mahalliy va xorijlik sayyohlarni o‘ziga jalb etgan turizm markazlaridan biri boʻlgan Kapadokiyaga joriy yilning yanvar oyida 174 ming 222 kishi tashrif buyurdi.

Nevshehir gubernatorligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga koʻra, mintaqada eng koʻp Zelve xarobalari (49 ming 467 kishi), Goʻreme ochiq havo muzeyi (48 ming 287 kishi) va Kaymakli yer osti shahri (27 ming 113 kishi) ziyorat qilingan.

Yanvar oyi asos olinganida mintaqadagi muzey va xarobalarga 2019 yili 123 ming 244, 2020- yili 159 ming 245, 2021-yili 42 ming 560, oʻtgan yili esa 88 ming 677 sayyoh tashrif buyurgan.

Muzey va xarobalarni ziyorat qilgan sayyohlardan biri indoneziyalik Asman Dau, Kapadokiyaning boshqa joyda uchramagan qiziqarli tabiatga ega ekanini ifoda etib:

“Bu yer juda ajoyib joy. Atrofimizdagi tarixiy binolar hayratlanarli darajada chiroyli. Yurtimga qaytganimda bu yerda olgan suratlarimni do‘stlarimga ko‘rsataman”.- dedi.

Xuddi shu davlat fuqarosi Muda Yadav, qoyadan o‘yilgan tarixiy cherkovlarda Injilda qayd etilgan mavzular qoʻlga olingan freskalardan katta taassurot olganini aytib, mintaqada uzoq yillar saqlanib qolgan qoldiqlarni ko‘zdan kechirganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Kapadokiya , #rekord

Aloqador xabarlar