Go‘beklitepe 2022-yili ziyoratchilar soni jihatidan rekord o‘rnatdi

Ziyoratga ochilgan 2018-yili maydonni tepadan himoya qilish maqsadida tom qurilayotgani bois uning bir qismi yopiq tutilgan. Shuning uchun ham, nomi tilga olingan yili uni atigi 70 ming kishigina tomosha qila oldi.

1929525
Go‘beklitepe 2022-yili ziyoratchilar soni jihatidan rekord o‘rnatdi

Türkiyening Shanliurfa viloyatidagi 12 ming yillik o‘tmishi bilan “tarixning boshlang‘ich nuqtasi” sifatida tasvirlangan va Birlashgan Millatlarning Ta’lim, Fan va Madaniyat Tashkiloti (UNESCO) Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Go‘beklitepe, 2022-yili 850 ming kishiga quchoq ochib, ochilgan birinchi kunidan beri tashrif buyurganlar soni jihatidan deyarli rekord o‘rnatdi.

Ziyoratga ochilgan 2018-yili maydonni tepadan himoya qilish maqsadida tom qurilayotgani bois uning bir qismi yopiq tutilgan. Shuning uchun ham, nomi tilga olingan yili uni atigi 70 ming kishigina tomosha qila oldi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 2019-yilni, “Go‘beklitepe yili” deb e’lon qilishi bilan Go‘beklitepe ana shu yili, 412 ming 378 kishiga quchoq ochib, ziyoratchilar soni jihatidan sezilarli raqamga erishgandi.

Keyingi 2020-yili esa ular soni ortishi kutilar ekan, Covid-19 pandemiyasi tufayli bu raqam qayd etilmadi ammo xarobalarni 197 ming 912 kishi ziyorat qilishga muvaffaq boʻldi.

Go‘beklitepe 2021-yili 567 ming 453 kishini qabul qilib, ziyoratchilar soni jihatidan 4 yil ichidagi eng yuqori raqamga erishgandi.

Tarixiy xarobalar 2022-yili esa roppa-rosa 850 ming mehmonga quchoq ochib, ular soni jihatidan rekordini yangilashga ulgurdi.


Tanlangan kalimalar: #Shanliurfa , #Go‘beklitepe , #UNESCO

Aloqador xabarlar