Shahrisabz 2024-yilgi turizm poytaxti deb e’lon qilindi

Mazkur qarorning qabul qilinishida Shahrisabz shahrining boy tarixi va madaniy merosi, Ipak yo‘lida turizmning rivojlanishidagi o‘rni va sohani barqaror rivojlantirish salohiyati inobatga olindi.

1921402
Shahrisabz 2024-yilgi turizm poytaxti deb e’lon qilindi

 

O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri 2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti deya e’lon qilindi.

IHT Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi yakuniga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri tashkilotning 2024-yildagi turizm poytaxti etib tasdiqlandi.

Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati O‘zbekiston raisligida onlayn formatda o‘tgan IHT Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi yakuniga ko‘ra ma'lum qildi.

Mazkur qarorning qabul qilinishida Shahrisabz shahrining boy tarixi va madaniy merosi, Ipak yo‘lida turizmning rivojlanishidagi o‘rni va sohani barqaror rivojlantirish salohiyati inobatga olindi.

O‘z navbatida, Shahrisabzning ushbu maqomni olishini keng miqyosda nishonlash ko‘zda tutilgan. Qolaversa, shaharda va butun Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekoturizm, etnoturizm va boshqa yo‘nalishlarda salohiyatni yuksaltirish, hududning nomoddiy merosini keng ochib beruvchi madaniy tadbirlar, turizm tadbirkorligi, shu jumladan, yoshlarning faolligini oshirish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shahrisabz , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar