Turkiya ziyorat turkompaniyalari Surxondaryoga sayohat tashkil etadi

Oʻzbekistonning Turkiya elchixonasi koʻmagida Turkiyaning yetakchi ziyorat turkompaniyalaridan biri – “Uchbey turizm” vakillari va Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

1916921
Turkiya ziyorat turkompaniyalari Surxondaryoga sayohat tashkil etadi

 

O'zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi qadimiy madaniy-meros ob'yektlari, arxitektura va arxeologik yodgorliklar dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uygʻotib keladi.

Oʻzbekistonning Turkiya elchixonasi koʻmagida Turkiyaning yetakchi ziyorat turkompaniyalaridan biri – “Uchbey turizm” vakillari va Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatidagi ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida maʼlumot berildi.

“Imom Abu Iso Muhammad at Termiziy”, “Al-Hakim at-Termiziy”, “Xoʻjamayxona” majmuasi, “Soʻfi Olloyor”, “Xoʻjaipok ota” hamda “Sulton Saodat” majmualarini oʻz ichiga oluvchi ziyorat turizmi yoʻnalishi imkoniyatlari taqdim etildi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar