TRT mahsuloti bo'lgan "Tay" animatsion filmi 6 davlatda namoyish etiladi

Muhammad payg‘ambarning hijrat safari haqida bo‘lgan Turkiya Radio Televideniye Korporatsiyasi (TRT) hamkorligidagi “Tay” filmi 20 oktabr kuni 6 davlatda namoyish etiladi.

1891431

TRT tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, TRT  Bolalar   mutaxassis psixologlari, bolalarning  rivojlanishi bo'yicha mutaxassislar va kontent muharrirlarining  yordamlari  bilan tayyorlangan film Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Ummon va Quvaytda tomoshabinlar bilan uchrashadi.

Yaqin Sharqda namoyish etiladigan ilk turk animatsion filmi bo'ladigan prodyuserlik, Turkiyada namoyish etilgan uchinchi haftasida  300 mingdan ortiq kishi tomonidan tomosha qilindi.

Filmda onasini qidirayotgan sof zotli toy   Riyo  o‘g‘rilardan qochib ketayotganda  uchratgan keksa  bir tuya Jabal bilan Madinaga qilgan sayohati hikoya qilinadi.

3D animatsion film bilan ayniqsa maktab yoshidagi bolalarda fidoyilik, umid va muhabbat kabi tushunchalarni mustahkamlash, Payg‘ambarimiz alayhissalomga muhabbat uyg‘otish maqsad qilingan.

Tanlangan kalimalar: #animatsion , #Film , #Tay , #TRT

Aloqador xabarlar