XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga amerikalik aktyor Armand Assante ishtirok etadi

Tantanali ochilish marosimi 14-sentyabr kuni “Kinochilar uyi”da boʻlib oʻtadi.

1878158
XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga amerikalik aktyor Armand Assante ishtirok etadi

 

Bu yilgi “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga dunyoning taniqli kinoijodkorlari qatorida afsonaviy amerikalik aktyor Armand Assante ham boʻlib, u nafaqat boʻlajak kinofestivalning faxriy mehmoni, balki ochilish marosimining boshlovchisi ham boʻladi.

Kinoyulduz Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkaziladigan ijodiy uchrashuvlar va matbuot anjumanlarida ham ishtirok etadi.

Mashhur gangsterlarning bir qator rollari Armand Assanteni oʻzining afsonaviy hamkasblari qatori Gollivudning sevimli aktyoriga aylantirdi. U Ridli Skott, DJ Karuzo, Denni DeVito va Andrey Konchalovskiylarning filmlaridagi rollari, shuningdek Mettyu Makkonahi, Al Pachino, Jek Nikolson, Alek Baldino va Silvestr Stallone kabi Gollivud kino ustalari bilan bir maydonda faoliyat olib borgani bilan ham mashhurdir.

Assantening filmografiyasidan oʻzbek rejissyori Bahodir Yoʻldoshev suratga olgan “Koyinot sirlarini kashf etgan inson” filmidagi roli joy olgan. Kinokartina oʻrta asrlarning buyuk mutafakkir va olimi Mirzo Ulugʻbek hayotiga bagʻishlangan.

Tantanali ochilish marosimi 14-sentyabr kuni “Kinochilar uyi”da boʻlib oʻtadi.



Aloqador xabarlar