Taniqli aktyor Burak Ozchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

Mashhur turk aktyori, turk teleseriallari yulduzi Burak Ozchivit turk delegatsiyasi tarkibida Toshkentga keladi va hamkasblari bilan birga kinofestivalning asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.

1876963
Taniqli aktyor Burak Ozchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

 

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur turk aktyori, turk teleseriallari yulduzi Burak Ozchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining yulduzli mehmonlaridan biri bo‘ladi.

Burak Ozchivit turk delegatsiyasi tarkibida Toshkentga keladi va hamkasblari bilan birga kinofestivalning asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.

Ular orasida 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan anjumanning ochilish marosimi, shuningdek, 15 sentyabr kuni poytaxt Toshkentdagi Anjumanlar saroyida tantanali ravishda ochiladigan “Turkiya kinosi kunlari” madaniy tadbiri ham bor.

Turk kinosi kunlari doirasi turk delegatsiyasi Toshkentda film namoyishlarini o‘tkazadi. Shundan so‘ng ular 16 sentyabr kuni Urganchga yo‘l oladi. Urganchda ham ikki kun davomida o‘z filmlarini kinomuxlislar e’tiboriga havola etishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, Burak Ozchivit "Muhtasham yuz yil", "Qora muhabbat" va boshqa qator seriallar orqali muxlislar e’tiborini qozongan.

Tadbirlar doirasida "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinoforumi ham bo'lib o'tadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Burak Ozchivit

Aloqador xabarlar