Kapadokiya 1 million 412 ming 252 nafar mehmonga quchoq ochdi

Kapadokiya, yilning birinchi yarmida 1 million 412 ming 252 nafar mehmonga quchoq ochdi..

1855583
Kapadokiya 1 million 412 ming 252 nafar mehmonga quchoq ochdi
kapadokya1.jpg
kapadokya.jpg

Birlashgan Millatlarning Ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkilotining (UNESCO) Jahon madaniy merosi ro‘yxatidagi turizm markazlaridan biri Kapadokiya, yilning birinchi yarmida 1 million 412 ming 252 nafar mehmonga quchoq ochdi.

Bundan uch yil muqaddam ya’ni 2019-yilda shaharga tashrif buyurgan mehmonlar soni jihatidan rekord o‘rnatgan ammo yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi kurash olib borilgan 2020 va 2021-yillarda sokinlik hukm surgan Kapadokiya, bu yil turizmchilar orzu qilgan gavjumlikka erishdi.

Nevshehir Madaniyat va turizm yetakchiligi ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqadagi muzey va shahar qoldiqlarini 1 million 412 ming 252 kishi ziyorat qildi.

Ziyoratchilar mintaqada eng ko‘p (397 ming 958 kishi) Zelve toshli monastirida bo‘ldi. Undan so‘ng Go‘reme Ochiq havo muzeyini (395 ming 771 kishi) tomosha qilindi. Uchinchi o‘rinda esa Kaymakli yer osti shahri (118 ming 103 kishi) ekani qayd etildi.

Go‘remedagi Turizmni rivojlantirish kooperativi rahbari Mustafa Durmazning qayd etishicha, 2022-yilgi turizm mavsumida Kapadokiyaga mahalliy mehmonlardan tashqari dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar ham tashrif buyurgan.

Do‘stlari bilan Zelve toshli monastirida bo‘lgan Yaman Malkoch, hammaga Kapadokiyadagi turistik markazlarni ziyorat qilishni tafsiya qildi.

Kanadalik sayyoh Daylon Allen esa Kapadokiyada bo‘lgani uchun o‘zini baxtiyor his qilganini va tarixiy tuzilishga ega bo‘lgan hududlarni ziyorat qilishdan zavq olganini ifoda etdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kapadokiya , #UNESCO , #Jahon madaniy meros

Aloqador xabarlar