Frensis Bekonning asari 52,8 million dollarga sotilgan

Taniqli britaniyalik rassom va mutafakkir Frensis Bekonning “Lyusiyan Freyd portreti uchun tadqiqot” asari auksionda 52,8 million dollarga xaridor topdi.

1850694

Frensis Bekonning 1964-yilda do‘sti Lucian Freyd tasvirlangan rasmi Angliyaning eng yirik auktsion uylaridan biri Sotheby's tomonidan Angliya poytaxti Londonda kim oshdi savdosiga qo‘yildi.

Kim oshdi savdosida rekord narxga sotilgan asar 52,8 million dollarga xaridor topdi.

Portret trilogiyaning markaziy qismi sifatida tanilgan.

Portretlardan biri Quddusdagi muzeyda, ikkinchisi esa shaxsiy kolleksiyada.

Sotheby's ma'lumotlariga ko'ra, kim oshdi savdosidan oldin "Lyuian Freydning portreti" shaxsiy san'at kolleksiyasida 40 yil davomida ommadan yashirilgan edi.

Aloqador xabarlar