Turkiyada gilam va pol qoplamalari bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Mazkur ko'rgazmada 14 ta mamlakat, jumladan Germaniya, Avstriya, Belgiya va Xitoyning  216 ta kompaniya vakillari ishtirok etadi.

1828340
Turkiyada gilam va pol qoplamalari bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

 

14-17 may kunlari Turkiyaning Gaziantep shahridagi Yaqin Sharq ko‘rgazmasi markazida gilam va pol qoplamalari xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, mazkur ko'rgazmada 14 ta mamlakat, jumladan Germaniya, Avstriya, Belgiya va Xitoyning  216 ta kompaniya vakillari ishtirok etadi. 

Bu  yilgi ko‘rgazmada gilamlar bilan birga yog‘ochdan tayyorlangan pol qoplamalari (parket va laminatlar, loglar) ham taqdim etiladi. 

Namoyish doirasida zamonaviy pol qoplamalari va ularni to‘shash texnologiyalari bo‘yicha anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 


Tanlangan kalimalar: #gilam , #Turkiya

Aloqador xabarlar