Toshkentda "Kitob - kamolot kaliti" nomli madaniy-maʼrifiy ko‘rgazma tashkil etiladi

Ko‘rgazma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Musulmonlar idorasi, Xalqaro islom akademiyasi, yetakchi nashriyotlar, ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

1808048
Toshkentda "Kitob - kamolot kaliti" nomli madaniy-maʼrifiy ko‘rgazma tashkil etiladi

 

7 aprel kuni O'zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi "Hazrati Imom" majmuasida "Kitob - kamolot kaliti" mavzusida madaniy-maʼrifiy ko‘rgazma ochiladi.

Tadbir O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, "Uchinchi Renessans-Yangi O‘zbekiston"  g‘oyasini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazmada O'zbekiston tarixining yangi yuksalish davridagi yutuqlarini, buyuk ajdodlarning ilmiy-maʼnaviy merosini hamda islom dini bilan bog‘liq qadimiy va boy anʼanalarini tadqiq etish natijalari bo‘yicha chop etilgan kitoblar, media mahsulotlari, shuningdek, ilmiy ishlanmalar namoyish etiladi.

Maʼrifiy anjumanning ochilish marosida mamlakat keng jamoatchiligi, xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Musulmonlar idorasi, Xalqaro islom akademiyasi, yetakchi nashriyotlar, ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Kitob - kamolot kaliti , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar