Istanbulda “Movaraunnahr-2022” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir o'tkazildi

Turkiy xalqlarning buyuk ajdodlari ijodiy merosiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda Turkiyada tahsil olayotgan vatandosh-talabalar, faol blogerlar, "Turqua Group" taʼlim-konsalting markazi xodimlari va boshqalar ishtirok etdi.

1791684
Istanbulda “Movaraunnahr-2022” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir o'tkazildi

 

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbekiston Butunjahon yoshlar assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakilligi bilan o‘zaro hamkorlikda “Movaraunnahr-2022” mavzusidagi madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Turkiy xalqlarning buyuk ajdodlari Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek,  Zahiriddin Muhammad Bobur, Ali Qushchi ijodiy merosiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda Turkiyada tahsil olayotgan vatandosh-talabalar, faol blogerlar, "Turqua Group" taʼlim-konsalting markazi xodimlari va boshqalar ishtirok etdilar.

Bosh konsulxona xodimlarining chiqishlarida buyuk o‘zbek mutafakkirlari va  olimlarining milliy tarixi hamda adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha fikr yuritildi. Shu o‘rinda ular qoldirgan ulkan boy madaniy-maʼnaviy meros bugungi yoshlar tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi. 

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Alisher Navoiy va  Bobur ijodi butun turk xalqlarining madaniy-maʼrifiy yuksalishida  alohida o‘rin tutishi taʼkidlandi. Bugungi kunda O‘zbekistonda va butun turkiy davlatlarda ularning ijodini o‘rganish borasida eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilayotgani ham qayd etildi.  

Madaniy-maʼrifiy tadbir so‘nggida Navoiy va Bobur qalamiga mansub muhabbat hamda vatan sog‘inchi haqida o‘qilgan g‘azal hamda ruboyilar tadbirga o‘zgacha xush kayfiyatni baxsh etdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar