Turkiyada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haqida maqola eʼlon qilindi

Turkiy davlatlar va jamiyatlari do‘stlik, qardoshlik va hamkorlik jamg‘armasi elektron nashrida “Mashhur siymolar” rukni ostida “Turk dunyosining daholaridan biri Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

1776709
Turkiyada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haqida maqola eʼlon qilindi

 

Turkiy davlatlar va jamiyatlari do‘stlik, qardoshlik va hamkorlik jamg‘armasi (Türk Devlet ve Toplulukları Dostluk, Kardeşlik ve İşbirliği Vakfı) elektron nashrida “Mashhur siymolar” rukni ostida “Turk dunyosining daholaridan biri Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Ushbu maqola turkiy dunyoning yorqin mutafakkirlaridan biri - atoqli o‘zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil to‘lgani haqidagi taʼkid bilan boshlangan.

Nashr XV asrda yashagan ulug‘ bobokalonimiz qisqa vaqt ichida o‘zining nodir asarlari bilan bilan elga mashhur bo‘lgani, u noyob iqtidorli qalamkash ijodkor hamda kuchli siyosat arbobi bo‘lganini qayd etgan.

Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher  Navoiyning tarjimai holiga doir barcha  muhim maʼlumotlar o‘z ifodasini topgani barobarida buyuk bobokalonimiz turli adabiy janrlarda yaratgan ko‘plab benazir nazmiy va nasriy asarlari tufayli nafaqat o‘zbek adabiyotini, balki butun turk adabiy muhitini qamrab olgani va unga juda katta taʼsir o‘tkazgani alohida taʼkidlangan.

“Alisher Navoiy o‘zining devoni va masnaviylari, tezkiralari, ilmiy izlanishlari, diniy va axloqiy mavzulardagi o‘lmas asarlari bilan zamon va makon chegarasidan o‘tib ketgan va nomi butun turk adabiyotiga kirib kelgan ulug‘ siymodir. U turkiy tilini o‘z nomi bilan birlashtirishda va “Navoiy tili va Navoiy uslubi” deb nomlanishiga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir. Alisher Navoiy Husayn Boyqaro majlislarining shakllanishidagi faol o‘rni bilan davlat-madaniyat aloqasining naqadar muhim ekanligini ko‘rsatgan, o‘z davrining taʼmirlash, obodonchilik va qurilish ishlariga ulkan hissa qo‘shgani bilan dong taratgan davlat arbobi hamdir”, - deb yozadi manba.


Tanlangan kalimalar: #Alisher Navoiy

Aloqador xabarlar