"Jayhun epkinlari yoxud Jaloliddin Manguberdi qissasi" romani turk tiliga tarjima qilinadi

Bu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida Shahodat Ulug‘ hamda "Kardeş Kalemler Magazine" jurnali va Yevroosiyo yozuvchilari ittifoqi raisi Yakup Omerog'lu o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi.

1764370
"Jayhun epkinlari yoxud Jaloliddin Manguberdi qissasi" romani turk tiliga tarjima qilinadi

 

O‘zbek yozuvchisi Shahodat Ulug‘ qalamiga mansub "Jayhun epkinlari yoxud Jaloliddin Manguberdi qissasi" romani golland va turk tillariga tarjima qilinadi.

Bu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida Shahodat Ulug‘ hamda "Kardeş Kalemler Magazine" jurnali va Yevroosiyo yozuvchilari ittifoqi raisi Yakup Omerog'lu o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi. 

Uchrashuvda Niderlandiyadan yozuvchi Axmet Suat Ari va taniqli madaniyat va san’at arbobi Burxanettin Charlak ham ishtirok etdi. 

Ma’lumki, ikki jilddan iborat "Jayhun epkinlari yoxud Jaloliddin Manguberdi qissasi" romani 2014 yili "Yangi asr avlodi" nashriyotida chop etilgan. O‘tgan davr mobaynida mazkur asar dunyoning turli mamlakatlarida bir necha tillarga o‘girilgan va chop etilgan. 

Bundan tashqari, 2015 yili roman Londondagi "Open Eurasia and Central Asia Book Forum & Literature Festival" xalqaro adabiyot tanlovida final asari ham bo‘lgan.



Aloqador xabarlar