Buyuk Britaniya Turkiyaga qadimiy oltin ko‘zani qaytarib berdi

Buyuk Britaniya Turkiyaga yoshi 4 ming 250 yilik oltin ko‘zani qaytarib berdi. Ma'lumotga ko'ra, ushbu tarixiy asar mamlakatdan noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilgan.

1731915
Buyuk Britaniya Turkiyaga qadimiy oltin ko‘zani qaytarib berdi

 

Buyuk Britaniya Turkiyaga yoshi 4 ming 250 yilik oltin ko‘zani qaytarib berdi. Ekspertizaning aniqlashicha, artefakt mamlakatdan noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilgan.

Bundan avval ko‘za angliyalik biznesmen Artur Gilbert va uning rafiqasi Rozalindaning kolleksiyasida saqlanayotgan edi. 2008-2009 yillarda artefakt ularning kolleksiyasidan o‘rin olgan barcha buyumlar bilan Londondagi Viktoriya va Albert Muzeyiga berildi.

2018 yilda noqonuniy yo‘llar bilan sotib olingan buyumlar ham bormi, degan shubha bilan kolleksiya tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu vazifa Rozalinda va Artur Gilbert galereyasini boshqarib boruvchi ekspert Jak Shuxmaxerga topshirildi.

U e’tiborini ko‘zaga qaratdi va ushbu buyumni sotgan savdogar tarixiy buyumlarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi. Shuxmaxerning fikricha, artefakt o‘g‘irlangan.

"Ko‘za qanday qilib Turkiyadan olib chiqib ketilgani noma’lum", — dedi u.

Hozirda ushbu qadimiy ko‘za Anqaradagi Tarix muzeyida namoyish qilinmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Buyuk Britaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar