O’zbek delegatsiyasi Turkiyaning Karaman shahriga tashrif buyurdi

Xizmat safari bilan Turkiyada bo’lib turgan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi TURKSOY tashkiloti hamda Qozog’iston va Qirg’iziston delegatsiyasi vakillari bilan Karaman shahridagi Mustafo Kamol Otaturk yodgorligida bo'ldi.

1687402
O’zbek delegatsiyasi Turkiyaning Karaman shahriga tashrif buyurdi

 

O’zbek delegatsiyasi Mustafo Kamol Otaturk yodgorligida bo’ldi.

Xabar qilinganidek, xizmat safari bilan Turkiya Respublikasida bo’lib turgan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi TURKSOY tashkiloti hamda Qozog’iston va Qirg’iziston delegatsiyasi vakillari bilan Karaman shahridagi Mustafo Kamol Otaturk yodgorligida bo’ldi.

TURKSOY tashkiloti rahbari Dusen Kaseinov hamda Karaman shahar hokimi Savash Kalayji boshchiligidagi rasmiy vakillar ishtirokida Mustafo Kamol Otaturk haykali poyiga gulchambar qo’yilib, hurmat bajo keltirildi.

Shuningdek, ushbu maydonda turkiy tilli davlatlar mustaqilligining 30 yilligi hamda 2020-2021 yillarda “Xiva shahri – turkiy dunyo madaniy poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan tashkil etilgan ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmada O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va Ozarbayjon Respublikalarining tarixi, madaniyati, urf-odatlari, ularning turizm salohiyatini oshirish uchun xizmat ko’rsatuvchi ob’yektlar bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Ayniqsa, “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo’riqxonasi tomonidan joriy etilgan “smart muzey” loyihasi va O’zbekistonning milliy mahsulotlariga bag’ishlangan hunardmanchilik ko’rgazmasi barchada katta taassurot qoldirdi.

Shundan so’ng, o’zbek delegatsiyasi Karaman shahar hokimligida shahar hokimi Savash Kalayji hamda Karaman viloyati hokimi Mehmet Alparslan Ishik bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Alohida-alohida tarzda bo’lib o’tgan har ikki uchrashuv chog’ida turkiy tilli davlatlarning turizm sohasi bo’yicha aloqalarni yanada mustahkamlash, madaniy aloqalar orqali turistik xizmat turini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida fikr almashildi.

Shuningdek, turkiy tilda so’zlashuvchi mamlakatlar mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan mazkur festival ushbu xalqlarning madaniy munosabatlarini yanada mustahkmlashda muhim omil bo’lib xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida turk qardoshlarga Xorazm viloyati milliy mahsulotlari, cho’pon va boshqa esdalik sovg’alar topshirildi.

O’zbek delegatsiyasining Turkiyaga amaliy tashrifi davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #TURKSOY , #Karaman , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar