Turkiyadagi Xo‘ja Nasriddin dafn etilgan shaharda xalqaro festival bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 5-10 iyul kunlari Turkiyaning Konya shahrida 62-Xalqaro Akshehir festivali bo‘lib o‘tadi. Festival taniqli folklor personaji Xo‘ja Nasriddin xotirasiga bag‘ishlangan.

1668380

Akshehir tumani hokimi Solih Akkayaning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi tadbir o‘tgan yillarga nisbatan cheklangan miqdordagi ishtirokchilar bilan o‘tkaziladi. U ushbu festival Akshehir mintaqasini ommalashtirishga va Xo‘ja Nasriddin xotirasini abadiylashtirishga hissa qo‘shishiga umid bildirdi.

Akkaya tadbirda Xo‘ja Nasriddinning rolini taniqli teatr aktyori Behzat Uyg‘ur ijro etishini aytib, tadbir ishtirokchilarini niqob rejimi va ijtimoiy masofani saqlashga chaqirdi. Festival doirasida turli tadbirlar bo‘lib o‘tadi, jumladan barcha tortishish maydonlari, ko‘rgazma ochilishi, bolalar teatri, akrobatika shoulari va eshaklar poygalari o’tkaziladi.

Xo‘ja Nasriddin xotirasiga bag‘ishlangan festival har yili Turkiyada o‘tkazib kelinadi. U Turkiyaning Akshehir shahrida dafn etilgan. Ta’kidlash joizki, Xo‘ja Nasriddin personaji o‘zbek folklorida ham yetakchi o‘ringa ega. Buxoroda unga atab haykal ham o‘rnatilgan.

Tanlangan kalimalar: #Koniya , #festival , #Turkiya , #Akshehir

Aloqador xabarlar