Buyuk shoir Berdaq haqida hujjatli film suratga olinmoqda

Mazkur hujjatli film O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tasvirga olinmoqda.

1619623
Buyuk shoir Berdaq haqida hujjatli film suratga olinmoqda

 

“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan Berdaq hayoti va ijodi haqida “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.

Mazkur film yetuk shoir, qoraqalpoq mumtoz adabiyoti asoschisi Berdaq taxallusi bilan ijod qilgan Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li haqida bo‘lib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tasvirga olinmoqda.

Stenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.

Filmni suratga olish ishlari Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatau tumani Berdaq bog‘i, Qoraqalpoq davlat universiteti, Berdaq muzeyi va boshqa joylarda bo‘lib o‘tmoqda.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Qoraqalpoq , #Berdaq

Aloqador xabarlar