TURKSOY Turkiy tilli davlatlar mustaqilligining 30 yilligini onlayn konsert bilan nishonladi

Turkiy tilli davlatlar mustaqilligining 30 yilligi TURKSOY va Turkmaniston Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda "Turk dunyosining ranglari" deb nomlangan onlayn konsert bilan nishonlandi

1592827
TURKSOY Turkiy tilli davlatlar mustaqilligining 30 yilligini onlayn konsert bilan nishonladi

 

 

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Turkiy tilli davlatlar mustaqilligining 30 yilligi TURKSOY va Turkmaniston Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda "Turk dunyosining ranglari" deb nomlangan onlayn konsert bilan nishonlandi.

Bayonotda qayd etilishicha, konsert dasturida Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkiya, Turkmaniston, Tatariston (Rossiya), Boshqirdiston (Rossiya) va Moldovaning Gagauz hududidan jami 250dan ortiq san'atkor ishtirok etgan.

Onlayn konsertni Turkmaniston Madaniyat vaziri Atageldi Shamuratov va TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov o’z nutqi bilan ochib bergan.

Tadbirda so'zga chiqqan Kaseinov TURKSOY a'zo davlatlardan olgan kuchi bilan xalqlar o'rtasidagi madaniy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan ko'plab loyihalarni amalga oshirayotganligini bildirdi.

Kaseinov Turk dunyosining eng taniqli badiiy jamoalari o’z mamlakatlarining etnik va an'anaviy musiqiy kuylarini ijro etgan ushbu konsert dasturi orqali mustaqillik tantanalarini katta hayajon va ishtiyoq bilan boshlaganligini ta’kidladi.

Konsertda Ozarbayjon davlat xalq cholg‘ulari orkestri, Qarag‘andada “Tattimbet” nomidagi qozoq akademik xalq cholg‘ulari orkestri, Nur-Sulton davlat akademik filarmoniyasi qoshidagi qozoq xalq cholg‘ulari orkestri, "Qo‘rqut" etno-folk ansambli, qirg‘iz xalq cholg‘ulari "Akak" ansambli, Turkiya Respublikasi Turizm vazirligining Turk dunyosi musiqiy ansambli, Turkmaniston xalq cholgʻulari orkestri, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi xalq cholgʻulari orkestri, Tatariston davlat raqs va musiqa ansambli, Boshqirdiston milliy xalq cholgʻulari orkestri va “Duz Ava” Gagauz musiqa va raqs jamoasi ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar