Bularni bilasizmi 20-qism

Istanbulning Eyup dahasida fransuz yozuvchining nomi bilan atalgan mashhur qahvaxona borligini bilarmidingiz?

1414775
Bularni bilasizmi 20-qism

 

 

1850-1923 yillarda yashab o’tgan mashhur fransuz yozuvchi Pierre Loti Istanbuldan va Usmoniy madaniyatidan juda ta’sirlanadi. Ko’p marta Istanbulga keladi va uzoq vaqt bu shaharda yashaydi. Istanbulga ikkinchi kelishida bir ayol bilan tanishadi. Keyinchalik Usmoniylar davri haqida yozgan romaniga ushbu ayolning ismini ya’ni “Aziyade” deb nom beradi.

Pierre Lotining bu romani barchaga manzur bo’ladi va qo’lma-qo’l tarqala boshlaydi.

Pierre Loti Istanbulda diniy maskanlarni, maqbaralarni, ayniqsa, tabiiy go’zalliklarga boy Eyup dahasida aylanishni juda yaxshi ko’rardi. Eyup dahasida butun Halich dahasi tepadan ko’rinib turadigan qahvaxonaga tez-tez borib turar, u yerda soatlab o’tirar, nargila ichar va insonlar bilan suhbatlashardi.

Ko’plab mahalliy va xorijlik sayyohlarning e’tiborini tortgan ushbu qahvaxonaning bugungi nomi “Pierre Loti” qahvaxonasi deb ataladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar