Turkiyaning eng yirik kutubxonasi 29-oktabr kuni xizmatga ochiladi
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatning Eskishahar viloyatidagi zamonaviy Odunpazari muzeyining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Prezidentlik saroyi binosida o’rin olgan Turkiyaning eng yirik kutubxonasining ochilish marosimi 29-oktabr kuni amalga oshiriladi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mamlakatning Eskishahar viloyatidagi zamonaviy Odunpazari muzeyining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Unda so’zlagan nutqida Prezidentlik saroyi binosida qurilishi tamomlangan kutubxonaning ochilish marosimining 29-oktabr kuni amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Prezident Erdo'g’an bugungi kunda kitob joylashtirish ishlari davom etgan kutubxonaning Turkiyaning eng yirik kutubxonasi bo’lishini o’z so’ziga ilova etdi.
Istanbulda ham shahrning eng yirik tarixiy asarlaridan biri bo’lgan Rami kazarmasini ham kutubxonaga aylantirganliklarini belgilab o’tgan Erdo’g’an, faoliyatlar o’z nihoyasiga yetganida u yerning dunyoning eng yirik kutubxonasi ro’yhatida o’rin olishini ifoda etdi.