Jennifer Lopez konsert berish uchun bugun ertalab Turkiyaga yeti keldi

Amerikalik qo’shiqchi Jennifer Lopez konsert berish uchun bugun ertalab Turkiyaga yetib keldi.

1248230
Jennifer Lopez konsert berish uchun bugun ertalab Turkiyaga yeti keldi

Amerikalik qo’shiqchi Jennifer Lopez konsert berish uchun Turkiyaga keldi.  

Mamlakatning Antaliya viloyatining Serik tumaniga qarashli Belek turizm markazida joylashgan mehmonxonalardan birida, "It's My Party" (Bu mening ulfatchiligim) deb nomlangan gastrol safari doirasida ertaga konsert bermoqchi bo’lgan Jennifer Lopez Antaliyaga bugun ertalab yetib keldi.   

Antaliya aeroportidan politsiyaning xavfsizlik chora va tadbirlari hamrohligida avtomobil yo’li orqali konsert bermoqchi bo’lgan mehmonxonaga borgan Lopez uchun mehmonxonada, 5 ta yotoq xonasi va bitta xususiy hovuzi bor, vertolyotlar uchun maxsus uchish-qo'nish yo'lagi mavjud, o'q o'tkazmaydigan va shisha bilan qoplangan 3 qavatli villa tayyorlandi.

Konsertda roppa-rosa 150 kishilik texnik xodim faoliyat olib boradi. Ulardan 90 nafari Lopezning maxsus xodimlari hisoblanadi.

Antaliyada 3 kun tunashi rejalashtirilgan Lopezning, konserti ortidan o’z yurtiga qaytishi ma’lum bo’ldi.



Aloqador xabarlar