Turkiyada turizm 24- qism

Ko’nya, ichki Anado’li hududida joylashgan bir shaha.Turkiyaning tarixiy va madaniy jihatdan eng muhim  markazlardan  biri.Turk va Islom olamining dunyoga mashhur mutafakkirlaridan mavlono bilan  nomi birlashgan shahar, juda boy bir tarixiy o’tmishga ega

1215938
Turkiyada turizm  24- qism

 

Ko’nya, ichki Anado’li hududida joylashgan bir shahar… Turkiyaning tarixiy va madaniy jihatdan eng muhim  markazlardan  biri.

Turk va Islom olamining dunyoga mashhur mutafakkirlaridan mavlono bilan  nomi birlashgan shahar, juda boy bir tarixiy o’tmishga ega. Mintaqada   turar- joy hayot miloddan oldin 9000larda boshlagan deb o’ylanadi. Shahar markaziga yaqin bir vaziyatda bo’lgan Chatalho’yuk, bugungacha kashf qilingan eng qadimgi va rivojlangan Neolitik davrning  aholi turar-markazi  markazi sifatida bilinadi.

Dunyoda miqyosida  birinchi  oziq- ovqat  madaniyati boshlagan, qishloq xo’jalikni ishlatilgandir.

O’tiroq hayotga o’tilgan va vahshiy hayvon hujumlariga qarshi mushtarak mudofaa tatbiq etilgan bir markaz bo’lgan Chatalho’yuk hisoblanadi.

Miloddan oldingi davrda Xet, Frig, Lidyalılar, Forslar, Makedoniyaliklar hukmron bo’lgan Ko’niyada. So’ngra  Rim va Arab hokimiyatida bo’lgan. Turklar Anado’liga kirgandan so’ng Saljuqiylar davlati va keyin Usmonli imperiyasining hududiga qo'shildi.

Ko’niya bugunki  kunda ko’plab madaniyatga mezbonlik qilib farqli ishlab chiqarish va texnika bilan ishlab chiqargan san’at asarlarini qamramoqda. Miloddan oldin 3500larga oid muqaddas binoning qoldiqlariga duch kelish mumkin. Bundan tashqari Anado’lidagi eng qadimiy Xristian turar-joylari va eng qadimiy cherkovlari ham bu hududdadir.

Saljuqiy davlatining poytaxti bo’lgan Ko’niya , ayni  zamonda Ipak yo’li ustidagi muhim bir tunash va savdo markazi edi. Islom madaniyatiga oid yuzlab asar o’rin olgan, davrning taniqli Islom olimlari yetishgan va joylashgan bir shahar.

Ko’niya, Anado’li, Saljuqiy davlatini boshqargan sultonlar, vazirlar, muhim tarixiy shaxsiyatlar maqbaralari, jamg’armalari, jomalar, madrasalarga mezbonlik qiladi. 

XIII asrning eng muhim shoirlaridan, olimlaridan, ilohiyotchilaridan va so'fiylaridan bo'lgan Mevlono Jaloliddin-i Rumiy ham yashagan va maqbarasi bo’lgan shahardir.  

Mavlononing o'limidan beri yuzlab yillar o'tgan bo'lsa-da, u butun dunyo bo'ylab o'z fikrlari bilan eslanib, qabul qilingan va asarlari o'nlab tillarda o'qishda  davom ettirilmoqda. Mavlono maqbarasi va muzeyi bu borada katta ahamiyatga ega. Mavlono dargohini o’z ichiga olgan muzey sohasida, darveshlar tunagan makonlar, samo xona, Shab-i Arus hududi, masjidni ko’rish mumkin. Muzeyda bundan tashqari Mavlono va Mevleviylikka oid asarlar bilan qo’l yozma kitoblar, lavhalar, plitalar, lampalar va musiqa asboblari namoyish etilmoqda.

Mavlono muzeyida bir maxsus kutubxonasi  mavjud.

Kutubxonada Saljuqiy , Karamano’ulları va Usmoniy davriga oid to'rt mingdan ortiq qo'lyozmalar mavjud. Bu asarlarning barchasi raqamlashtirilgan va tadqiqotchilarning xizmatiga  taqdim etilgan.

koniya masjidi, karvonsaroylar  va madrasalar shahri ...

Mavlononing ko’ngil olamida katta o’zgarishga yo’l ochgan Islom olimi Shamsi Tabriziy  nomiga qurdirgan jome, Iplikchi masjidi, Sherafettin masjidi, Shayx Sadriddin Konevi masjidi, Alaaddin masjidi, Aziziye masjidi eng muhimlari,  bu masjidlar  alohida bir sifatga ega.

Karatay, madrasasi, ingichka  minorali  madrasasi, Sirchali madrasa, O’bruk karvonsaroyi, Zazadin karvonsaroy, Pamukchu Karvonsaroy, Sahibata majmuasi, Mehmet Posho majmuasi; Ko’niyada bo’lgan va sizni o’tmish asrlarga olib boradigan tarixiy asarlardan bir nechtasi.

Ko’niya, Yevropaning eng katta tropik kapalak bog’iga ega. Taxminan  8000 metr kvadrat bog’da yaratilgan tabiiy sharoitda, o’nlab kapalak va tropik o’simlik turi mavjud.  

Koniya – Sille erta Xristianlik  davrining eng  muhim bir markazi Anado’lidagi birinchi cherkovlardan  biri bo’lgan. 300li yillarda insho etilgan Ay- Elena cherkovi bu yerda joylashgan.

Koniya barcha  bu xususiyati bilan yilda uch milliondan ziyod mahalliy va xorijiy sayyoh tomonidan ziyorat etilmoqda.

Ko’niyaga borsangiz, Mavlono madaniyat markazida Semo namoyishini tomosha qilmasdan, Alaaddin tepasini ziyorat etmasdan, go’shtli non, bamya Sho‘rvasi, duxovka kabobi kabi lazzatli taomlardan tatib ko’rmasdan qaytmang.

    

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar