Turkiyada turizm 20- qism

Mardin, madaniy tuzilishi va geografik  vaziyati bilan borib  ko’riladigan eng farqli shaharlaridan biridir.

1200150
Turkiyada turizm 20- qism

 

Mardin, madaniy tuzilishi va geografik  vaziyati bilan borib  ko’riladigan eng farqli shaharlaridan biridir. Turkiyaning sharqiy Anado’li  mintaqasida  o’rin olmoqda. Mesopotamiya tekisligiga   qaraydigan shahar,  o'ziga xos me'moriy tuzilishi  bilan e'tiborni  o’ziga qaratgan shar,  sayyohlarni sharqning tarixi sirli  o’tmishiga olib boradi.

Mardin, Dajla va Furot o'rtasida joylashgan; turli madaniyatlarga va  e’tiqodlarga quchoq ochgan  va uzoq tarixga ega bo'lgan  bir shahar ...

Bu mintaqada aholi punktlari 3000 yilga  cho'zilgan deb taxmin qilinadi.

Navbati bilan Ossuriya, Xet, Urartu va Medler hukmron bo’lgan . Ando’luni  bosib olgan rimliklarning  hukmronligini ko'rgan. Vizantiyadan keyin 11-asrda turk tuproqlariga qo’shilgan.

Ipak yo’li ustida o’rin olgan Mardin,

yuqori  Mesopotamiyaning eng qadimiy aholi punktlaridan biri...

Shaharning umumiy ko’rinishiga qaraganda, e’tiborni birinchidan sariq ohaktoshdan qurilgan uylar jalb etadi. Dunyoga mashhur taniqli  uylarning  eshiklari Mesopotamiya tekisligiga qarab ochiladi.

Tepalikning yonbag'irda  qurilgan uylar,  kamida ikki qavatli bo’lib  bir- biriga  soyasi tushirmaydigan  shaklda  rejalangan.

Ohaktoshdan  qurilgan  uylar yozda sovuq va qishda esa issiqdir.  Sariq ohaktoshga Mesopotamiya quyoshini ham aks ettirgani uchun, sapsari bir ko’rinishga ega bo’lgan  Mardinga “quyoshning shahari” deyilishining sababi budir. 

Bir ochiq havo muzeyi ko’rinishidagi Mardinda ko’riladigan juda ko’p joy mavjud. Bulardan biri Dara qadimiy shahridir. 

Qadimgi Mesopotamiyada eng qadimgi turar-joylardan biri bo'lgan Dara, 40 metr chuqurlikdagi yer osti shahri bilan sizga katta taassurot qoldiradi. Shaharning tegirmoni , cherkovi , bozorlari va sardobalari mavjud.

Mardinning ramzi  holiga kelgan binolardan biri Deyrulzafaran monastiri...

5- asrda qurilgan faqat bugunki holiga kelishi  keyingi davrlarda ilovalar  bilan bugungi ko’rinishini olgan Monastir, suryoniy pravoslav diniy markazlaridan biridir. Bugunki kunda ibodat xona sifatida davom etmoqda. Ulujami (Ulug’ Jome) Mardin markazidagi eng muhim asarlardan biri hisoblanadi.

Anado’luning  eng qadimgi masjidlaridan biri bo'lgan Ulujami, 12-asrda qurilgan.

Ajoyib me’morisi  bilan shaharning ko’rinishini o‘zlashtirmoqda. Shehidye jome, Melik Mahmut Jome, Latifiye Jome bilan Nejmeddin Jome ham ko’riladigan joylar qatorida joy olmoqda.

 Zinjiriye Madrasası, 14-asrdan hozirgi kungacha  yetib kelgan eng go'zal  binolardan biri hisoblanadi. Ajoyib bir hikoyasi bor. Madrasani qurdirgan Isa bey, urushda ma’g’lub bo’lgandan keyin bir muddat asir olinib  qamoqxonada yotmoq majburiyatida qolgan .

Yaqin tarixlarda qurilgan Kasimiya madrasasi, faol davrida mintaqaning eng muhim ta’lim markazlaridan biri ekan,  jome-masjid va maqbara bilan bir qatorda, 23 ta o'quv xonasi bo’lgan madrasa, bir ta’lim va fan majmuasi sifatida qurilgan.

Midyatning Mardin shahrida joylashgan Mo’r Gabriel monastiri

Suriyani  qadimgi jamoatining mashhur va buyuk asarlaridan biridir.

Dunyodagi eng qadimgi Suryoniy pravoslav monastiridir. Bino 397-yilda  qurildi  va bino qisqa vaqt ichida qurib bitirildi.  Farqli vaqtlarda  qo'shimchalar ilova qilingan .

Mor Benham  yoki boshqa nomi bilan qirqlar cherkovi 6- asrdan beri  bugunki kunga yetib kelgan.

Qo'ng'iroq minorasi va maxsus mahorat bilan qurilgan yog'och eshiklar bilan e'tiborni o’ziga qaratmoqda. XIII asr oxirida Mardin, Ossuriya patriarxiyasi markazi bo'lgandan  keyin , xalqning ruhoniy  va ma'muriy ishlarini bu jamoat boshqarardi.

Mardin madrasalari bilan , jome-masjidlari bilan, cherkovlari bilan monastirlari bilan sizni  farqli e'tiqodlari bilan  birgalikda tinchlikda yashaydigan  bir shahar sifatida qabul qiladi.

 Qadim zamonlarda kezayotgan tuyg’usi uyg’otgan tor ko'chalari, tosh uylari, qal'a, tarixiy bozorlari, qahvaxonalari sizni sehrli atmosferaga olib chiqadi.

Agar Mardinni ziyorat qilmoqchi bo’lsangiz , dunyoning ko'plab mamlakatlaridan sayyohlarni jalb qilgan Mardin muzeyi va Midyat  tumanini  ko'rishingizni tavsiya qilamiz.

 Mardin,  “telkari deb nomlangan kumush ishlari  bilan mashhur. Biz, sizga  iste'dodli kumush ustalarimizning  ishlab chiqargan asarlaridan sotib  olishingizni tavsiya qilamiz.

juda  boy oshxona  madaniyatiga ega bo'lgan shahar,  qovurg'a do’lmasi, sembusek nomli mahalliy taomlarni tatib ko'rmasdan qaytmang.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mardin , #Tarixiy , #Shahar

Aloqador xabarlar