Ummondagi “Sulton Kobus” universitetida turk tili o'qitiladi

“Sulton Kobus” nomidagi davlat universiteti bilan Turkiya “Maorif” fondi o’rtasida universitetda turk tilini tanlangan dars qatorida o’qitish to’g’risida hamkorlik protokoli imzolandi.

1191298
Ummondagi “Sulton Kobus” universitetida turk tili o'qitiladi

 

Ummonda “Sulton Kobus” nomidagi davlat universitetida turk tili tanlangan dars qatorida o’qitiladi.

Bu haqda Ummon rasmi xabar agentligi (ONA) ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, “Sulton Kobus” nomidagi davlat universiteti bilan Turkiya “Maorif” fondi o’rtasida universitetda turk tilini tanlangan dars qatorida o’qitish to’g’risida hamkorlik protokoli imzolandi.

Hujjatga Ummon universiteti rektori o’rinbosari Muna Benet Fahd Al Said bilan Turkiya “Maorif” fondi rahbari o’rinbosari Hasan Yovuz imzo chekdi.

Bu qaror universitetda o’qitilayotgan tillarning ko’pligi jihatidan ijobiy hissa qo’shadi, shuningdek Turkiya-Ommon munosabatlarini mustahkamlashga ko’mak berishi ko’zda tutiladi.

 



Aloqador xabarlar