Bularni bilasizmi-4

Bir finjon qahva turklar orasida faqatgina suyukli ichimlik emas u ayni vaqtda, insonlarni shirin suhbatlarga chorlab, ular orasida do’stlik aloqalari o’rnatuvchi sirli ichimlikdir.

1130456
Bularni bilasizmi-4

Qahvaning eng avvalo XVI asrda Istanbulga Yamandan olib kelinganligini va ortidan bugungi kunda “Turk qahvasi” degan nom bilan butun dunyoga mashhur bo’lgan uni tayyorlash usulini turklar ijod etganligini bilasizmi?

Umuman olganda, ba’zi rivoyatlarga ko’ra “qahva”, asli suriyalik bo’lgan Xutm va Shams degan ikki kishi tomonidan 1555-yili Turkiyaga olib kelindi.

Qonuniy Sulton Sulaymon davrida Yaman shahar hokimi O’zdemir Pasha, bu ichimlikni ichib ko’rib judayam yoqtirdi va Istanbulga, podishoxning tatib ko’rishi uchun Usmoniy saroyiga olib keldi. Ko’p o’tmay saroyda “jamoat qahvaxonalari” tashkil topdi. Hatto hovlilarda faqatgina “qahva” tayyorlash ishi bilan shug’ullanuvchi xizmatchilar olina boshladi.

“Turk qahvasi” 1615-yili venetsiyalik, 1650-yili esa marsellik savdogarlar orqali dunyoga tanitildi va ortidan Yevropaga yoyildi.

Bugungi kunga kelib bir finjon qahva turklar orasida faqatgina suyukli ichimlik emas u ayni vaqtda, insonlarni shirin suhbatlarga chorlab, ular orasida do’stlik aloqalari o’rnatuvchi sirli ichimlikdir. Eng muhimi turklar uni, ular hayotida alohida o’ringa ega bo’lgan muhim insonlar bilan ichishni xush ko’radilar. Balkim shuning uchundir, "bir finjon qahvaning, qirq yillik hurmati bor" degan so'zlar keng tarqagan bu tuproqlarda. 

 

 



Aloqador xabarlar