Koniyada Mavlono vafotiga 744 yil to'lgani munosabati bilan "Shab'i-Aruz" marosimi o'tkaziladi

Mavlononing o'zi vasiyat qilganindek, uning o'limi ayriliq emas, aksincha  Alloh bilan uchrashuv (vuslat) kunidur. Ushbu kun "Shab'i-Aruz" deb nomlanadi.

862545
Koniyada Mavlono vafotiga 744 yil to'lgani munosabati bilan "Shab'i-Aruz" marosimi o'tkaziladi

Mavlono Jaloliddin Rumiy 13-asrning buyuk faylasufi, olim, dinshunos va shoirlaridan biri edi.

Jahon bo'ylab tanilgan bu shaxsiyat 1207 yili Balx shahrida tug'ilib, 1273 yilda Konya shahrida vafot etgan. 17 dekabr kuni uning o'lim  kuni  bo'lib  hisoblanadi. Rumiyning o'zi vasiyat qilganindek, uning o'limi ayriliq emas, aksincha  Alloh bilan uchrashuv (vuslat) kunidur. Ushbu kun "Shab'i-Aruz" deb nomlanadi. Ushbu kun dunyoning har tarafidan turli dinga mansub bo'lgan Mavlono shaydolari Konya shahriga kelib "Shab'i-Aruz" marosimiga qatnashadilar.

Bu yil Mavlono vafotiga 744 yil to'ldi. Shu munosabat bilan 7 dekabr kuni Koniya shahrida Shab'i-Aruz marosimlari boshlanadi.

Bu doirada turli marosimlar, ilmiy konferensiyalar, musiqa va she'r kechalari, Mavlononing hayoti va ijodiga bag'ishlangan hujjatli fil'm namoyishlari o'tkaziladi.

Tadbir Mavlononing vafot etgan kun, ya'ni vuslat kuni bo'lgan 17 dekabrda o'z nihoyasiga yetadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Koniya , #Mavlono , #vuslat , #Shab'i-Aruz

Aloqador xabarlar