Istanbulda “15-iyul shahidi” deb nomlangan ko’rgazma ochildi

Istanbulda fotosuratchi Mustafa Jambazning asarlaridan tashkil topgan “15-iyul shahidi” deb nomlangan ko’rgazma ochildi.

817721
Istanbulda “15-iyul shahidi” deb nomlangan ko’rgazma ochildi

Istanbulda fotosuratchi Mustafa Jambazning asarlaridan tashkil topgan “15-iyul shahidi” deb nomlangan ko’rgazma ochildi.  

Ushbu ko’rgazmada Mustafa Jambaz tomonidan Turkiyaning turli viloyatlarida suratga olingan fotosuratlar o’rin olgan.

Fotosuratchi va Yenishafak gazetasining foto muxbiri Mustafa Janbazning o’zi ham aslida, 15-iyul qahramonlaridan biridir.

Shunday ekan Xalqaro Madaniyat va san’at jamiyati, 15-iyul shahidi Jambaz tomonidan suratga olingan fotosuratlardan tashkil topgan bir ko’rgazma tayyorladi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan Turkiya Buyuk Millat majlisining Milliy saroyining qo’llab-quvvatlashi bilan ochilgan ko’rgazmaning manzili Istanbuldagi Dolmabaxshe San’at galereyasidir.

Mustafa Jambazning qariyb 100 ta suratdan tashkil topgan albomi avvalroq, “Turkiya Ulug’ jome’ masjidlari” degan nom bilan kitop sifatida chop etilgan edi.

Ko’rgazma 7-oktabr kuni oqshom vaqtigacha ochiq.

 



Aloqador xabarlar