Va nihoyat qadimgi “Gerakl” sarkofagi Turkiyaga qaytarib kelindi

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan olib borilgan puxta tashabbuslar natijasida, noqonuniy yo’llar orqali chet mamlakatlarga olib qochilgan 4 ming 272 ta asar turk tuproqlariga qaytarib kelindi.

Oxirgi marotaba Shveytsariyadagi qadimgi “Gerakl” tosh tobuti - sarkofagining Turkiyaga qaytarilishi to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqida ma’lumot bergan edik.

Aytib o’tish joizki 2003-yildan beri chet elda olib borilgan puxta kuzatuv va tashabbuslar natijasida minglab asarning ham mamlakatga qaytarilishi ta’minlandi.

Vazirlik bergan ma’lumotga ko’ra Turkiyadan chet mamlakatlariga shular qatorida Fransiya, Avstriya, Angliya, Germaniya, Xorvatiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Shveytsariyaga olib qochilgan jami 4 ming 272 ta asar turk tuprog’iga qaytarib kelindi.

2003-2017-yillari olib kelingan asarlar hozirda Turkiyaning turli muzeylarida namoyish etilmoqda.

Aloqador xabarlar