Moskvada “Turkiya oqshomi” nomi ostida iftor dasturi uyushtirildi

Rossiya poytaxti Moskvada qurilgan Ramazon chodirida “Turkiya oqshomi” nomi ostida iftor dasturi uyushtirildi.

746518
Moskvada “Turkiya oqshomi” nomi ostida iftor dasturi uyushtirildi

Rossiya poytaxti Moskvada qurilgan Ramazon chodirida “Turkiya oqshomi” nomi ostida iftor dasturi uyushtirildi.

Poytaxtdagi “G'alaba” parkida qurilgan Ramazon chodirida uyushtirlgan iftorda Turkiyaning Moskvadagi elchisi Huseyin Dirio’z va Rossiya muftiylar kengashi raisi o’rinbosari Rushan Abbasov bilan birga ikkala mamlakatning ko’pchilik aholisi ishtirok etdi.

Rossiya muftiylar kengashi bilan Turkiya elchixonasi tomonidan uyushtirilgan dastur Quron-i Karim Tilovati bilan boshladi.

Huseyin Dirio’z ushbu dasturda so’zga chiqar ekan u o’z so’zida,

“Muborak Ramazon oyi tufayli bizlarni uchrashtirgan shu va shunga o’xshash tadbirlarning Turkiya va Rossiya musulmonlari o’rtasidagi mushtarak tariximizdan kelib chiqqan ishonch va do’stlik aloqalarining yana-da mustahkamlashiga yordam berishiga ishonchim komil” dedi.

Moskva Musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan qurilgan chodirda bir vaqtning o’zida 500, oqshom davomida esa qariyb 1200 kishiga xizmat qilinmoqda. Chodirda har kuni oqshom vaqtlarida turli mamlakat va mintaqalarning iftor dasturi uyushtirilmoqda.  

 



Aloqador xabarlar