Buxoroda uyushtirilgan “Ipak va zirovalar” Xalqaro festivali o’z nihoyasiga yetdi

Tarixiy Ipak yo’lida joylashgan Buxoro shahridagi turizmning takror rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shishni ko’zlagan ushbu festivalda Turkiya ham ishtirok etdi.

742172
Buxoroda uyushtirilgan “Ipak va zirovalar” Xalqaro festivali o’z nihoyasiga yetdi

O’zbekistonning Buxoro shahrida bu yil XVI uyushtirilgan “Ipak va zirovalar” Xalqaro festivali o’z nihoyasiga yetdi.  

Shaharning tarixiy maydonlarida bo’lib o’tgan festivalda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan matolar bilan turli zirovalar namoyish etildi.

Roppa-rosa uch kun davom etgan festival doirasida taniqli modelerlar va yosh dizaynerlar tomonidan «O’zbek ipagi — dunyo nigohida» shou-dasturi tashkil etildi. Shuningdek shaharning turli maydonlarida o’zbek jang san’ati ustalarining ko’rgazmali chiqishlari va milliy kurash musobaqalari o’tkazilib, xalq o’yinlari namoyish etildi.

Festival davomida milliy o’zbek palovi oshchilari o’rtasida musobaqa ham uyushtirilar ekan unda “Eng yaxshi o’zbek palovi oshchilari”ga turli sovg’alar taqdim etildi.

Tarixiy Ipak yo’lida joylashgan Buxoro shahridagi turizmning takror rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shishni ko’zlagan ushbu festivalda Turkiya ham ishtirok etdi.

Festival gala-konsert ortidan o’z nihoyasiga yetdi.  



Aloqador xabarlar