“Poytaxt Abdulhamid” seriali TRT-1 telekanalida...

Sulton Abdulhamidning hayoti va faoliyati hikoya qilingan “Poytaxt Abdulhamid” seriali TRT-1 kanalida boshlanmoqda.

677964
“Poytaxt Abdulhamid” seriali TRT-1 telekanalida...
payitaht.jpg
payitaht, abdulhamit han.jpg

 

TRT-1 telekanalida efirga uzatiladigan “Poytaxt Abdulhamid” nomli yangi teleserial 24 fevral juma kunidan e’tiboran tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

1876 yili Usmoniy imperatori sifatida taxtga o’tirgan Sulton Abdulhamid bu mashaqqatli jarayonni “Ulug’ hoqon” unvoni bilan tojlantirdi.

Sulton Abdulhamidning hayoti va faoliyati hikoya qilingan “Poytaxt Abdulhamid” seriali TRT-1 kanalida boshlanmoqda.

Serialda Sulton Abdulhamid ro’lini iste’dodli aktyor Bulent Inal ijro etmoqda.

Rejissyor Serdar Akar.

“Poytaxt Abdulhamid” serialida Usmoniy tarixining e’tiborga molik davri bilan tanishasiz.

Sulton Abdulhamid imperatorlikni 33 yil mobaynida ustun zakosi, kuchi bilan boshqarib kelgan.

“Poytaxt Abdulhamid” serialida 2-Abdulhamid Xonning ohirgi 13 yillik davrida sodir bo’lgan voqealar rivojida, g’arb davlatlarining yangi asrni o’zlari uchun qaytatdan shakllantirishga harakat qilar ekan, bunga yo’l qo’ymagan dovyurak imperatorning hikoyasi anglatiladi.


Serialning asosiy g’oyasi: Kurash!

Serialda uzoq yillar so’ngra, Usmoniylar g’alabasi bilan yakunlangan jang: “Yunon urushi” namoyish qilinadi.

Bu davrda 1-Sionist kongressi natijasida Sulton Abdulhamiddan talab qilingan Falastin zamini dushman qo’liga topshirilmaydi.

Qolaversa, Sulton Abdulhamidning muvaffaqiyatli yutuqlaridan biri bo’lgan muhim loyiha, Hijoz temir yo’li loyihasi ham ushbu serialda namoyish etiladi.

Serialda bosh ro’llarni Bulent Inal, O’zlem Jo’nker, Selen O’zturk, Akin Akino’zu, Ezgi Eyubog’lu, Hakan Boyav, Saygin Soysal, Umid Kurt kabi usta aktyorlar ijro etadi.

Serialda ekran ortida 120 kishilik texnik mutahassis xizmat ko’rsatadi.



Aloqador xabarlar