Yerebatan yer osti suv ombori muzeyi qayta ta’mirlanadi

1500 yillik tarixga ega bo’lgan Istanbuldagi Yerebatan sarniji yoki Yerebatan yer osti suv ombori muzeyi 6-asrda Vizantiya Imperatori 1-Justinyen tomonidan qurdirilgan.

644327
Yerebatan yer osti suv ombori muzeyi qayta ta’mirlanadi
yerebatan sarnıcı.jpg

Turkiyada sayyohlar maskaniga aylangan va 1500 yillik tarixga ega bo’lgan Istanbuldagi Yerebatan sarniji yoki Yerebatan yer osti suv ombori muzeyi qayta ta’mirdan o’tkaziladi.

Yerebatan yer osti suv ombori 6-asrda Vizantiya Imperatori 1-Justinyen tomonidan qurdirilgan.

Mazkur tarixiy asarni qayta ta’mirlash faoliyatlari shu yilning dekabr oyida boshlanib, 450 kun davom etadi.

Yerebatan yer osti suv ombori muzeyi direktori Jelalettin Denizto’ker ma’lum qilishicha, Yerebatan yer osti suv ombori muzeyi 10 yil ichida eng ko’p sayyoh kelgan 3-muzey deb topildi.

Tarix mobaynida bir qancha qamallarga duch kelgan Istanbul aholisi qamal paytida suvga bo’lgan ehtiyojini ushbu Yerabatan suv omboridan ta’minlagan.

Yerebatan suv ombori 140 metr uzunlikka ega bo’lib, kengligi 70 metrni tashkil qiladi. Har biri 9 metr balandlikda bo’lgan jami 336 ta ustun xuddi osmonga qarab ko’tarilgandek bo’lib ko’rinadi.

Taxminan 9800 m. kvadrat maydonni o’z ichiga olgan Yerebatan suv omborida 100000 tonna suvni saqlash mumkin.

Asrlar mobaynida Vizantiya va Usmoniy saroylari hamda hududda yashagan aholining suvga bo’lgan ehtiyojini ta’minlagan Yerebatan suv ombori Usmoniy Imperatorligi davrida ikki marta restavratsiya qilingan.

Birinchi restavratsiya ishi 3-Ahmed davrida (1723-yil) kayserilik me’mor Mehmet Og’a tomonidan amalga oshirilgan.

Ikkinchi restavratsiya esa, Sulton 2-Abdulhamid (1876-1909) davrida amalga oshirildi.

 



Aloqador xabarlar