UNESCO, atoqli o’zbek rassomi Javlon Umarbekovning asarlar to’plamini nashr etdi

O’zbekistonning UNESCOdagi Doimiy vakolatxonasi zamonaviy o’zbek tasviriy san’atining eng yorqin namoyondalaridan biri bo’lmish, atoqli rassom Javlon Umarbekovning asarlari to’plamini nashr etdi.

593108
UNESCO, atoqli o’zbek rassomi Javlon Umarbekovning asarlar to’plamini nashr etdi

O’zbekistonning UNESCOdagi Doimiy vakolatxonasi zamonaviy o’zbek tasviriy san’atining eng yorqin namoyondalaridan biri bo’lmish, atoqli rassom Javlon Umarbekovning asarlari to’plamini nashr etdi. Bu haqida O’zbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva o’zining instagram sahifasi orqali ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumotga ko’ra nashr etilgan ushbu asar, buyuk rassomning nafaqat hayoti va ijodining muhim bosqichlarini balki qariyb yarim asrlik ijodiy yo’li davomida zamonaviy o’zbek san’atiga qo’shgan ulkan hissasini yoritib berishni o’z oldiga maqsad qilib olgan.

Javlon Umarbekovning serqirra ijodi, o’zbek xalqining boy madaniy va tarixiy an’analari-yu adabiy merosini o’zida mujassam etgan. Shuningdek Sharq va G’arb madaniyatlarining o’zaro ta’siridan ilhom olgan.

Umarbekov asarlari tasviriy san’atning yuksak mahorat bilan yaratilgan mevasi bo’libgina qolmay, insonlar va ona zamin qiyofasida mujassam etilgan ijodkorning jonli tafakkurining maxsuli hamdir.

Ustoz san’atkorning boy ijodiy merosi, O’zbekistonning chinakam faxriga aylangandir. Uning haqiqat, go’zallik, ezgulik va donolik kabi tushunchalarni ifoda etuvchi asarlari, san’at yangi yoki eski bo’lishi mumkin emasligini namoyon etadi. San’at hamisha yosh va abadiydir. 


 

 



Aloqador xabarlar