Qatarning poytaxti Dohada turk maktabi ochildi

Turk maktabi Turkiya Xalq ta’limi vazirligiga qarashli bo’lib, Turkiyaning Qatardagi elchixonasi nazoratida faoliyat ko’rsatadi.

590437
Qatarning poytaxti Dohada turk maktabi ochildi

Qatarda tashkil qilingan turk maktabida bugun yangi o’quv yili boshlandi.

Turk maktabi Turkiya Xalq ta’limi vazirligiga qarashli bo’lib, Turkiyaning Qatardagi elchixonasi nazoratida faoliyat ko’rsatadi.

Jami 350 o’quvchiga mo’ljallangan maktab butunlay zamonaviy o’quv qurollari va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

11000 metr kvadratlik maydonni egallagan maktab 2 yil ichida qurib bitkazildi.

O’tgan dekabr oyida ham Qatarning poytaxti Dohada Turkiya tomonidan “Yunus Emre” nomidagi davlat instituti ochilgan edi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Qatarda 7000 turk yashaydi.

 



Aloqador xabarlar