Turkiyaning madaniy xazinalari 27-qism

Turkiyaning O’rta Yer dengizi sohilida joylashgan antik Ksanthos shahri va unga 4 km uzoqlikda joylashgan Letoon diniy markazi haqida ma’lumot...

520964
Turkiyaning madaniy xazinalari 27-qism

              

Turkiyaning O’rta Yer dengizi sohilida joylashgan antik Ksanthos shahri va unga 4 km uzoqlikda joylashgan Letoon diniy markazi haqida ma’lumot beramiz.

Ksanthos Fethiye tumaniga 40 km uzoqlikdagi Eshen soyi qirg’og’ida joylashgan. 1988 yili UNESCO Dunyo meros ro’yxatiga olingan bu antik shahar uzoq hukm surgan Likya davlatiga poytaxtlik qilgan.

Ksanthos miloddan oldingi 2000 yildan oldin tashkil topgan. Shahar xalqi o’ziga xos “lik” tilidan foydalangan. Hind-Yevropa til oilasiga kirgan bu til faqatgina likyaliklarga xos bo’lgan.

Mazkur antik shahar o’ziga xos farqli madaniyatga ega bo’lgan.  Geredotga ko’ra, Likyaliklar Truva urushida ham o’z qo’shinlari bilan jangga qatnashgan. Miloddan oldingi 545-yillardan Fors hokimiyatigacha mustaqil bo’lgan Likya bir qancha tarixiy asar bilan boyitildi. Antik Likya ikki marta qattiq qamalga duch kelgan va xalqining deyarli barchasi ommaviy ravishda o’z joniga qasd qilganlar. Bu qamalning dastlabkisi miloddan oldingi 450-yillarda fors qo’shini tomonidan qamal qilinishi paytida sodir bo’lgan.  Soni juda oz qolgan himoyachilar ayol va bolalarni to’plab barchasi birgalikda o’z joniga qasd qilganlar. Bunga o’xshash voqea taxminan 400 yil oldin Rim davrida Brutus tomonidan shahar qamali paytida ro’y bergan.

Mag’lub bo’lishini anglagan shahar xalqi maydon o’rtasiga ulkan olov yoqadi va barchasi o’zini o’tga tashlab o’z joniga qasd qiladi. Buni ko’rgan Brutus qayg’uga tushadi va askarlariga shahar xalqini qutqarishni buyruq beradi.

Shahar aksariyati Helen va forslardan ta’sirlangan binolarga to’la ekan, Rimning hokimiyatiga o’tishi bilan Rim shahri tusiga kirdi. Rim davrida qurilgan tarixiy antik teatr 5000 kishiga mo’ljallangan.

Ortidan xristianlikning qabul qilinishi bilan shaharda bir qancha cherkov qurildi. Antik teatr va maydonlar kunimizda sayyohlarning e’tiborini jalb qilgan joylardan biridir. Shahardagi qabriston ham uylarning memoriy tuzilishiga ega. Asosan, badavlat insonlarga tegishli marmar tobut shaklidagi mozorlar uylarga o’xshash shaklda qurilardi. Ksanthos 1840 yillarda mintaqaga kelgan ingliz sayyoh arheolog Sir Charles Fellows tomonidan dunyoga tanitildi.

Uning Angliyadagi hamkorlari vositasida u yerdagi bir qancha tarixiy asar bir ingliz jangovar kemasiga yuklanib, Londonga olib ketilgan. Ksanthos antik shahri shu tariqa talon-taroj qilingan. Ba’zilari tomonidan tarixiy asarlarning yo’q bo’lishdan qutqarib qolingani aytiladi.

Hozirda Britaniya muzeyida eng qimmatbaho asarlar qatorida namoyish qilinmoqda. Bulardan Nereidler yodgorligi va Harpiler haykali ko’rganlarni lol qoldirmoqda. Umid qilamizki, talon-taroj qilinib, o’g’irlab ketilgan ushbu tarixiy asarlar takror o’z vataniga qaytariladi.

Shaharning diniy markazi bo’lgan Letoon Akropoli Ksanthosga 4 km uzoqlikda joylashgan. Likiya madaniyatining diniy markazi bo’lgan bu tarixiy joyda bir qancha ibodatgohni uchratish mumkin.

U yerning nomi Zeusning rafiqalaridan biri bo’lgan Letoning nomidan kelib chiqqan. Mazkur diniy markazda 3 ta katta ibodatgoh o’rin olgan. Shi,molda joylashgan ibodatgoh Letoga atab qurdirilgan.

Artemis va Appollon ibodatgohlari tarixda hududning diniy hamda siyosiy markazi ekanini namoyon qiladi. Ularning yonida Agora va Antik teatr joylashgan. U yerda xristianlikdan keyin ulkan cherkov ham qurilgan. Miloddan keyingi 7-asrdan keyin o’z holiga tashlab qo’yilgan Letoon va Ksanthos kunimizda sayyohlarning eng gavjum maskanlaridan biriga aylangan. Agar Turkiyaga yo’lingiz tushsa, Fethiye yaqilarida joylashgan Ksanthos antik shahrini va Letoon diniy markazini ziyorat qilishingiz mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ksanthos , #Letoon , #Likiya , #Likya , #Artemis , #Zeus

Aloqador xabarlar