Prezident Erdo'g'an Jamalani tabrik etdi

Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an, Qo'shiq Bellashuviga Ukrianadan qatnashgan Qrim Tatarli xonanda Jamalaga qo'ng'iroq qilib tabrik etdi.

492065
Prezident Erdo'g'an Jamalani tabrik etdi

Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an, Shveysariyada shanba kuni bo'lib o'tgan Eurovision Qo'shiq Bellashuviga Ukrianadan qatnashgan Qrim Tatarlik xonanda Jamalaga qo'ng'iroq qilib tabrik etdi.

Prezdentlik manbalaridan olingam ma'lumotlarga ko'ra, Prezident Erdo'g'an, Qirim Tatarlarning Sovetlar davridagi surgun hayotini hikoya qilgan "1944" qo'shig'i bilan birinchi o'rinni olgan Jamalaga, san'at hayotida ham muvaffaqiyatlar tiladi.

Jamala ham, Prezident Erdog'anning tabrik etishidan xursand bo'lganini bildirib, minnatdorchilik izhor etdi.

Jamala, Bu muvaffaqiyati bilan yillardan beri cheklangan Qirim Tatarlarini hammaning taniganini izohladi.

Shveysariyadan Ukrainaga qaytgan Jamalani Borispol Aeraportida yuzlab muxlisi gullar, Ukraina va Qirim Tatar bayroqlari bilan kutib oldi.

Jamala "Kelgusi yilgi qo'shiq bellashuvining o'z vatani, Qirimda bo'lishini istar edim. Qirim hozirgi kunda ishg'ol ostida. Ishg'olning bekor bo'lishiga ishonmayman. Bunga ishonmaganimni aytmayman, lekin bir yil ichida bu bo'lmaydi" deb so'zladi.

Eurovisionda bu muvaffaqiyatining nima ma'noga kelganini tushuntirgan Jamala; "Yillardan beri hech kim tinglashni xohlamagan, tarixni hammaning o'rganganini bildirdi. Bu zafar, adolatning bo'lganini ko'rsatmoqda. Yevropa bu bilan urush, inqilob va Ukrainadagi boshqa dardu-alamni eshittirdi. Yevropa menga ovoz berdi. Chuki bu qo'shiq chin dildan ijro etildi va Ukraina bunga loyiq" dedi.

Jamalaga, "Ukraina xalq san'atchisi" unvoni berildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar