Toshkentda “Turizm dunyosi-2016" xalqaro turizm ko'rgazmasi ochildi

Ko'rgazmaga Turkiya, Malayziya, Tailand, Chexiya Respublikasi, Ozarbayjon, Singapur, Maldivlari, BAA va Ukraina kabi 20ga yaqin davlatdan 200 atrofida turizm shirkati va agentligi qatnashmoqda.

474168
Toshkentda “Turizm dunyosi-2016" xalqaro turizm ko'rgazmasi ochildi

O'zbekistonning poytaxti Toshkentda “Turizm dunyosi-2016" nomli 4-Xalqaro turizm ko'rgazmasi ochildi.

Mazkur ko'rgazmada Turkiyadan Madaniyat va turizm vazirligi, Turk Havo Yo'llari, Turkiya salomatlik turizmi jamiyati va ba'zi turk turizm shirkatlari o'z standlarini ochdi.

Ko'rgazmaga tashrif buyurganlar Turkiya standlariga katta qiziqish ko'rsatdi.

Turk standlarini tomosha qilgan o'zbeklarga turk shirinliklari tortiq qilindi.

Ular Turkiyada dam olish imkoniyatlari haqida ma'lumot oldilar.

O'zbek turizm uyushmasi rahbari Farruh Rizayev Turkiya standini tomosha qilib, Turkiyaning Toshkentdagi favqulodda va muhtor elchisi Namik Guner Erpul bilan suhbatlashdi.

Ko'rgazma doirasida “Buyuk Ipak yo'lining ta'mi" nomli oziq-ovqat festivali o'tkazildi.

Festivalda o'zbek palovining turlari namoyish qilindi.

Bundan tashqari, O'zbekistonda xalq tabobatidagi yangiliklar va bu sohani rivojlantirish imkoniyatlariga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

2013 yildan beri muntazam ravishda o'tkazilib kelinayotgan xalqaro turizm ko'rgazmasi 3 kun davom etadi.

O'zbek turizm uyushmasi tomonidan tashkil qilingan ko'rgazmaga Turkiya, Malayziya, Tailand, Chexiya Respublikasi, Ozarbayjon, Singapur, Maldivlari, BAA va Ukraina kabi 20ga yaqin davlatdan 200 atrofida turizm shirkati va agentligi qatnashmoqda.

Ohirgi yillarda madaniyat va salomatlik turizmiga katta ahamiyat berayotgan O'zbekiston 1993 yili Jahon turizm tashkilotiga a'zo bo'lgan.

O'zbekistonning Samarqand, Buhoro, Xiva va Shahrisabz shaharlari UNESCO Dunyo meros ro'yxatiga kiritilgan.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #turizm , #ko'rgazma , #Toshkent , #Turkiya

Aloqador xabarlar