Turkiyaning sobiq bosh vaziri Nejmettin Erbakan xotirlandi

Ak partiya deputati Selim Temurji va ba'zi xokimiyat raislari hamda uni ardoqlagan insonlar Nejmettin Erbakanning qabri boshida to'plandi.

440506
Turkiyaning sobiq bosh vaziri Nejmettin Erbakan xotirlandi

Turkiyaning sobiq bosh vazirlaridan marhum Nejmettin Erbakan vafotiga 5 yil to'lgani munosabati bilan yodga olinmoqda.

Uni ardoqlagan insonlar bugun bomdod namozidan so'ng, qabri boshida to'plandi.

Xotira marosimiga Ak partiya deputati Selim Temurji va ba'zi xokimiyat raislari qatnashdi.

Nejmettin Erbakanni xotirlash uchun boshqa shaharlardan ham ko'plab ziyolilar tashrif buyurdi.

1969-yili siyosatga qadam tashlagan Nejmettin Erbakan 1970-yili bosh vazir o'rinbosari sifatida xalqqa xizmat qildi.

1995-yilgi saylovlardan so'ng, bosh vazir etib tayinlandi.

Siyosiy hayoti mashaqqatli o'tgan Nejmettin Erbakan 2011-yilning 27 fevral kuni 85 yoshda vafot etgan edi.



Aloqador xabarlar