Turk adabiyotining atoqli shoiri Gulten Akin vafot etdi

Gulten Akin “Shamol soati”, “Qirqtim qora sochlarimni”, “Qizil gul”, “Marashning va O’kkeshning dostoni”, “Yig’ilar va laparlar”, “Seyran dostoni”, “İlohiylar”, “Sevgi doimiydir”, “Jim-jit bog’lar”, “Uzoq sohilda”, “Meni so’rasang…” kabi she’r kitoblar muallifidir.

363753
Turk adabiyotining atoqli shoiri Gulten Akin vafot etdi

Turk adabiyotining atoqli shoiri Gulten Akin vafot etdi.
1933 yilning 23 yanvar kuni Turkiyaning Yozgat viloyatida tavallud topgan Gulten Akin 1955 yili Ankara Universiteti Huquq fakultetini bitirdi.
Turkiyaning turli shaharlarida advokatlik va o’qituvchilik qilgan Akin Turk tili kengashida, so’ngra Madaniyat va turizm vazirligi nashriyot kengashi a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatdi.
Qolaversa, turli inson huquqlari tashkilotlarida mexnat qildi.
Dastlabki she’ri 1951 yili chop etilgan shoirning asarlari ko’plab jurnallarda nashr qilindi.
40 dan ziyod she’riga kuy bastalandi va ko’plab asarlari turli tillarga tarjima qilindi.
U “Shamol soati”, “Qirqtim qora sochlarimni”, “Qizil gul”, “Marashning va O’kkeshning dostoni”, “Yig’ilar va laparlar”, “Seyran dostoni”, “İlohiylar”, “Sevgi doimiydir”, “Jim-jit bog’lar”, “Uzoq sohilda”, “Meni so’rasang…” kabi she’r kitoblar muallifidir.
Shoir Gulten Akin ertaga Ankarada Kojatepe jome’yida o’qiladigan janoza namozidan so’ng, Karshiyaka qabristoniga dafn qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar