Sart antik shahrida oltin va zargarlik simpoziumi o’tkazildi

Simpoziumda Lidiya Qrolligida oltin konchiligi va bezu-ziynat yasash, oltinning islom dini jihatidan bo’lgan ahamiyati va islom san’atida qo’llanilishi hamda jahon oltin bozorlari kabi turli mavzularga to’xtalib o’tildi.

392839
Sart antik shahrida oltin va zargarlik simpoziumi o’tkazildi

Lidiya madaniyatining poytaxti deb qabul qilingan Sart antik shahrida Xalqaro oltin va zargarliksimpoziumi o’tkazildi.
Tarixda dastlabki oltin tanga pullar Manisaning Salihli tumanida joylashgan Sart antik shahrida foydalanilgani aniqlandi.
Simpoziumga tarixiy ahamiyati hisobga olingan holda “Oltin davlat” deb nom berildi.
Uch kun davom etgan simpoziumda turli dokladlar o’qildi, ma’ruzalar qilindi.
Ma’ruzalarda Lidiya Qrolligida oltin konchiligi va bezu-ziynat yasash, oltinning islom dini jihatidan bo’lgan ahamiyati va islom san’atida qo’llanilishi hamda jahon oltin bozorlari kabi turli mavzularga to’xtalib o’tildi.
Simpoziumdan so’ng Sart antik shahriga sayohat uyushtirildi.
Sart antik shahri qazilmalar hay’ati rahbari Prof.Dr Nikolas Dunlor ishtirokchilarga Sart oltin koni va “Arteis” ibodatgohi haqida ma’lumot berdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar