Fransiyada turk litseyi ochildi

Strasbourg shahrida joylashgan “Yunus Emre” nomidagi turk litseyi 350 o’quvchiga mo’ljallangan.

350493
Fransiyada turk litseyi ochildi

Fransiyada turk litseyi ta’lim faoliyatini boshladi.
Strasbourg shahrida joylashgan “Yunus Emre” nomidagi turk litseyi 350 o’quvchiga mo’ljallangan.
Mazkur litsey bu yil muloqot bilan qabul qilingan turk, marokko va tunislik o'quvchilarga ta’lim beradi.
Kelgusi yil litsey qoshida xorijdan kelgan o’quvchilar uchun yotoqxona ochiladi.
Tegishli vakillarning aytishicha, boshqa shaharlardan ham turk litseyiga o’quvchi qabul qilinadi.
Fransiya ta’lim dasturiga asoslangan maktabda dinshunoslik, turk tili va arab tillari tanlangan dars qatorida o’qitiladi.
Litseyda bundan tashqari, xattotlik, ebru va naqsh san’ati sinflari tashkil qilinadi.
Qolaversa, turk san’at musiqasidan dars berish imkoni ta’minlanishi rejalanmoqda.
Murabbiylarning aksariyati turk bo’lgan “Yunus Emre” litseyi Fransiyadagi 3 ta musulmon maktablardan biri hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar