Tataristonda 16-Jahon suv sportlari chempionati bo'lib o'tdi

Tatariston Respublikasining poytaxti Qozon shahrida o’tkazilgan chempionatda Xitoylik sportchilar g'oliblikni qo'lga kiritdi.

320639
Tataristonda 16-Jahon suv sportlari chempionati bo'lib o'tdi

Rossiya Federatsiyasiga qarashli Tatariston Respublikasining poytaxti Qozon shahrida o’tkazilgan 16-Jahon suv sportlari chempionati o’z nihoyasiga yetdi.
Xalqaro Suzish Federatsiyasi (FINA) tomonidan o’tkazilgan chempionatning finali 12 ming tomoshabinga mo’ljallangan Tatneft-Arena stadionida bo’lib o’tdi.
Marosimga Tatariston Prezidenti Rustam Munnihanov, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Mojariston Bosh vaziri Viktor Orban, Xalqaro Suzish Federatsiyasi rahbari Julio Maglione ishtirok etdi.
16 kun davom etgan chempionatda 190 davlatdan 2923 sportchi, suzish, sakrash, suv akrobatikasi, suv to’pi, ochiq suvda suzish va balandlikdan sakrash kabi jami 6 kotegoriya bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda kuch sinashdi.
Chempionatda Xitoy 15 oltin, 10 kumush va 10 bronza medal bilan 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Amerika 13 oltin, 14 kumush, 6 bronza bo’lib, jami 33 medal bilan 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
Rossiya Federatsiyasi esa, 9 oltin, 4 kumush va 4 bronza bo’lib, jami 17 medal bilan 3-o’rinni egalladi.
Navbatdagi 17-Jahon suv sportlari chempionati Mojaristonning poytaxti Budapeshtda o’tkaziladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar