Antaliyada Xalqaro Qum haykal festivali boshlandi

Festivalda 9 davlatdan jami 22 haykaltaroshning asarlari namoyish qilinmoqda.

303747
Antaliyada Xalqaro Qum haykal festivali boshlandi

Antaliyada Xalqaro Qum haykal festivali boshlandi.
“Dunyoning 7 mo’jizasi va mifologiya” mavzui olg’a surilgan festivalda 200ga yaqin haykal namoyish qilinmoqda.
Tantanali ochilish marosimi bilan muhlislar e’tiboriga havola qilingan haykallar barchaga manzur bo’ldi.
Rangli chiroqlar bilan yoritilgan haykallarni yasash uchun 15 ming tonna qumdan foydalanildi.
9 davlatdan jami 22 haykaltaroshning asarlari namoyish qilingan festivalga 300 mingga yaqin mehmon kelishi kutilmoqda.
Festivalga turistlar ham katta qiziqish ko’rsatmoqda.
Dunyoning eng katta qum haykallari namoyishidan biri bo’lgan festival 2016 yilgacha Antaliyaning Lara tumanida davom etadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar