Turkiyaning sayyohlik xaritasi

Turkiyaga kelgan sayyohlar ro’yhatida eng ko’pini tashkil etganlar nemislar bilan ruslardan iboratdir.

262284
Turkiyaning sayyohlik xaritasi

Tarix davomida bir necha madaniyatni o’z quchog’iga olgan Onado’li tuproqlari boy tarixiy merosi, rang-barang madaniy tuzilishi va tabiiy go’zalliklari bilan dunyoning to’rt burchagidan sayyohlarni o’ziga jalb etmoqda.

Kattakon uch imperatorlikga poytaxtlik qilgan dunyoning eng qadim shaharlaridan Istanbul tarixiy va madaniy boyliklari shuningdek bo’g’ozi bilan Turkiyaning turizm markazlarining eng ahamiyatlilari orasida joy olgan.

Usmoniy davlatining poytaxti bo’lgan Bursa va Qur’on-i Karimdagi jannat tasviriga loyiq deb topilgan yer sifatida qabul qilingan Kojaelining Kartepe tumani esa ayniqsa arab sayyohlar tomonidan qiziqarlidir.

Janubi-sharqiy Onado’li mintaqasi esa ko’shni davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar orqali madaniy va ishonch turizmining markaziga aylanish maqsadida o’z muvaffaqiyatini davom ettirmoqda.

Tarixiy va madaniy boyliklarini tengi yo’q tabiati bilan birlashtirgan Qoradengiz esa Yevropa va AQSh bilan birga Ko’rfaz davlatlaridan sayyoh qozonmoqda.

Turkiyaning “Oq jannati” hisoblangan Pamukkale ruslarning, “UNESCO Jahon madaniy meros ro’yhati”dagi Safranbo’lu esa tayvanliklarninig qiziqishini o’ziga qaratmoqda.

Turkiyaga kelgan sayyohlar ro’yhatida eng ko’pini tashkil etganlar nemislar bilan ruslardan iboratdir.

Mashhur plyajlar bilan birga Kapadokiya bilan Nevshehir, Zeugma bilan Gaziantep, Qizqal’asi bilan Mersin, Selimiye jome masjidi bilan Edirne, yevropalik sayyohlar tomonidan qiziqish uyg’otmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar