Dunyoning eng uzun ko’prigi UNESCO ro’yhatiga kirmoqchi

Ushbu ko'prikning uzunligi 1 ming 392 va eni 6.80 metrdan iborat.

237348
 Dunyoning eng uzun ko’prigi UNESCO ro’yhatiga kirmoqchi

Edirne hokimi Dursun Ali Shahin Ergene daryosidagi va dunyoning eng uzun ko’prigi hisoblangan “Uzun ko’prik”ning Dunyo Madaniy Meros ro’yhatiga kirishi uchun nomzod ko’rsatish chora-tadbirlarini boshlaganliklari haqida ma’lumot berdi.

Uzun ko’prik 1426-1443-yillari orasida Usmonli Podishohi 2-Murot tomonidan Usmonlining Bolqonlarga qaratilgan safarlari chog’ida Ergene daryosidan o’tish maqsadida qurilgan edi.

Onado’li bilan Bolqonlarni bir-biriga bog’lagan “Uzun ko’prik” haqidagi masala, iyun oyida, UNESCOda qo’lga olinadi.

Shu bilan birga Edirne hokimi Dursun Ali Shahin shaharning, 2021-yili, Dunyo Madaniyati poytaxti bo’lishi uchun ham tayyorgarlik ko’ra boshlaganliklarini qo’shimchaladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar