150 davlatdan 50 ming talaba Turkiyada ta'lim olmoqda

Talabalar Turkiya Respublikasi Bosh vazirligi qoshidagi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti tomonidan berilgan "Turkiya Stipendiyasi" va "Turkiye Scholarships" tartibidagi imkonlardan foydalanmoqdalar.

280985
150 davlatdan 50 ming talaba Turkiyada ta'lim olmoqda

Turkiya, 1992-yildan beri chet ellik talabalarni stipendiya bilan ta’minlab kelar ekan stipendiya bilan ta’minlangan talabalarning soni 2014-yilning dekabr oyigacha 50 ming 130 nafarga yetdi.

Turkiyada dunyoning 150 dan ziyod davlatidan kelgan talabalar ta’lim olar ekan ular bakalavr, magistratura, doktorantura va tadqiqot sohasida o’qib bilim olmoqdalar. Universitetlar bugungacha huddi mana shu talabalar orasidan Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekistonliklardan jami 19 ming 329 nafariga quchoq ochdi.

Shuningdek Yaqin Sharq davlatlaridan 4 ming 103; Uzoq Sharq va Janubiy Osiyodan 3 ming 534 va Bolqonlardan 8 ming talaba stipendiya bilan ta’minlandi.

Turkiya Afrika bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorligini orttirar ekan 2011-yildan keyin 4 ming 663 Afrikalik talabaga o’qib bilim olish imkoni ham yaratdi. 2014-yili Shimoliy Amerikadan 44, Janubiy Amerikadan esa 202 talabaga stipendiya berdi.

Talablarga binoan bu yil, birinchi marotaba 5 ming talabaga stipendiya berilmoqchi. Ushbu stipendiyadan foydalanish uchun murojaatlar 25-fevral kuni boshladi. Joriy oyning 31-martigacha davom etadi.

Shu bilan birga Turkiyada 2016-yil “Lotin Amerika va Karaiblar yili” deb e’lon qilindi. Shunday ekan Afrika bilan Lotin Amerika qit’asidan ham Turkiyaga kelib ta’lim olish talablari kelmoqda.

Kolumbiya Prezidenti Juan Manuel Santoz o’tgan oyda Lotin Amerika ziyorati doirasida mamlakatini ham ziyorat qilgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga Turkiyadagi Kolumbiyalik talabalarga o’qish imkoni berganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kolumbiyalik 49 nafar talaba, Turkiyaning turli universitetlarida o’qib, bilim olmoqdalar.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar