Chanoqqal'a g’alabasining 100 yilligi va shahidlarni xotirlash...

Chanoqqal'ada o’tkaziladigan marosimlarga Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu va boshqa ko’plab vazirlar ishtirok etadi.

270143
Chanoqqal'a g’alabasining 100 yilligi va shahidlarni xotirlash...

Bugun Turkiyada Chanoqqal'a g’alabasining 100 yilligi va shahidlarni xotirlash kuni!
Ushbu qutlug’ kunda mamlakat bo’ylab shahidlar xotirasi uchun turli marosimlar o’tkazilmoqda.
Chanoqqal'a g’alabasi tarixni shakllantirgan va eng kuchli dushman bilan bo’lgan jangda qo’lga kiritilgan ulkan g’alabadir.
1-Jahon urushi paytida 1915-1916 yillarda Gelibolu yarim orolida Usmoniy davlati bilan dushman davlatlar o’rtasida sodir bo’lgan Chanoqqal'a urushi dengiz va quruqlik orqali yuz bergan.
Ushbu jangda bir millatning go’yo qahramonlik dostoni yozilgan.
Dushman kuchlar dastlab dengiz orqali Chanoqqal'a bo’g’aziga bostirib kelishga uringan.
Buni uddalay olmagan dushman askarlari quruqlikdan jangga kirgan.
Lekin, dushman askarlari turk askarlarining qahramonlarcha kurashi oldida mag’lub bo’lganlar.
Bugun Chanoqqal'a dengiz g’alabasiga 100 yil to’lgani munosabati bilan butun Turkiyada marosimlar o’tkazilmoqda, shahidlar yodga olinmoqda.
Chanoqqal'ada o’tkaziladigan marosimlarga Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu va boshqa ko’plab vazirlar ishtirok etadi.
“Chanoqqal'a olinmas” deb yozilgan oltin medal 253 ming shahid xotirasiga atab ramziy ma’noda turk bayrog’iga taqiladi.
Marosimlar Gelibolu yarim orolidagi Shahidlar hiyobonida ham davom etadi.
Jangovar kemalar ishtirokidagi parad namoyishi va jangovar samolyotlarning havodagi namoyishi jo’rligiga shahidlar qabri ziyorat qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar