TURKSOY matbuot xodimlarini mukofot bilan taqdirladi

Poytaxt Ankarada bo’lib o’tgan mukofot topshirish marosimiga Turkiya Madaniyat va turizm vaziri O’mer Chelik tashrif buyurdi.

236650
TURKSOY matbuot xodimlarini mukofot bilan taqdirladi

Turk madaniyatining ravnaqi yo’lida xizmat ko’rsatgan TURKSOY turkiy davlatlarga mexnati singan matbuot xodimlarini mukofot bilan taqdirladi.
Poytaxt Ankarada bo’lib o’tgan mukofot topshirish marosimiga Turkiya Madaniyat va turizm vaziri O’mer Chelik tashrif buyurdi.
Turk madaniyatiga berilgan ahamiyatga to’xtalgan O’mer Chelik TURKSOY turk dunyosining UNESCOsi ekanini bildirdi.
O’mer Chelik: “Davlatlarning soni va nomi o’zgarishi mumkin. Lekin, bizni bu ma’noda bir-birimizga bog’lab turgan mushtarak madaniyat hech qachon o’zgarmaydi”-dedi.
Qolaversa, TURKSOY hozirgacha ko’plab turkiy davlatlarning muhim shahslari, san’atkorlari, yozuvchi va shoirlarini mukofot bilan taqdirlab kelganini aytib o’tdi.
Marosimda 2015 yil TURKSOY tomonidan “Haldun Taner yili” deb e’lon qilindi.
Ma’ruzalardan so’ng, turk madaniyatining dunyoga tanitilishi va boyitilishiga qo’shgan hissasi tufayli Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Makedoniya, Boshqirdiston, Dog’iston, Hakasiya va Tataristondan kelgan 18 jurnalist bilan Turkiyadan 5 jurnalistga mukofot topshirildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar