Falastinlik rejissor Abu Asad mukofot bilan taqdirlandi

Falastinlik rejissor Hani Abu Asad tomonidan tasvirga tushirilgan uzun metrajli “Umar” nomli kinofil’mda ishg’ol va zulm hukmron bo’lgan bir davlatda Falastinlik ikki o’smirning she’rga bo’lgan ishtiyoqi haqida hikoya qilinadi.

139603
Falastinlik rejissor Abu Asad mukofot bilan taqdirlandi

Tunisda o’tkazilgan kinofil’m festivali mukofot topshirish marosimidan so’ng o’z nihoyasiga yetdi.
Festivalda Falastinlik rejissor Hani Abu Asad tomonidan tasvirga tushirilgan uzun metrajli “Umar” nomli kinofil’m mukofotga loyiq deb topildi.
Mazkur kinofil’mda ishg’ol va zulm hukmron bo’lgan bir davlatda Falastinlik ikki o’spirinning she’rga bo’lgan ishtiyoqi haqida hikoya qilinadi.
Falastinlik rejissor tomonidan tasvirga tushirilgan mazkur kinofil’m “Oltin tanit”, “Eng yaxshi senariya”, “Hakam va yosh hakamlar mukofoti” nomli mukofotlarga sazovor bo’ldi.
Bundan tashqari festivalda Morokkolik rejissor Hisham El-Usri va İroqlik rejissor Hisham Zamanning kinofil’mlari ham mukofot sohibi bo’ldi.
Marosimga Amerikalik aktyor Danny Glover, Tunis Turizm vaziri Emel Kerbul, Tunislik aktrisa Dora Zarruk, İordaniyalik aktyor Saba Muborak, fransuz fotosuratchi Leila Alaoui, Jazoyirlik aktyor Lyes Salem va kino olamidan ko’plab taniqli aktyorlar ishtirok etdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar